18 may 09:55
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Jiro D'Italiya. Omar Frayle - o'n birinchi bosqich g'olibi!
Italiya yo'llari bo'ylab davom etayotgan nufuzli Jiro d’Italiya ko'pkunlik velopoyga musobaqasi o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. 
			Kecha ishtirokchilar 161 kilometrlik masofada startga chiqishdi. Marraga birinchi bo'lib Omar Frayle etib keldi. Dimension Data jamoasi azosi bo'lgan ispaniyalik poygachi 11-bosqich g'olibiga aylandi.
U belgilangan masofani 4 soatu 23 daqiqa 14 soniyada bosib o'tdi. Ikkinchi o'rinni portugaliyalik Ruy Albertu Faria da Koshta egalladi. Kuchli uchlikka franciyalik Per Rollan yakun yasadi.

            Havola            :         
             
			
Fikrlar