06 iyu 12:35
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida
Jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimiz vakillarining Olimpiya o'yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o'yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O'zbekistonning obro'-etibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o'quvchi va talaba-yoshlar o'rtasida uch bosqichdan iborat "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va Universiada sport o'yinlari ommalashib borayotgani, ayniqsa, etiborlidir.
SHu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va manaviy sog'lomlikning asosi ekanini targ'ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o'z qobiliyat va istedodlarini ro'yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi.
O'zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida:
1. O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi (keyingi o'rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Dasturning asosiy yo'nalishlari etib belgilansin:
jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo'naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo'llab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan taminlash;
talim muassasalari o'quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o'rtasida sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o'tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash;
ommaviy axborot vositalari, internet tarmog'ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayoni to'g'risida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish.
2. O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi o'rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika komissiyasi (A.N.Aripov) vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Dasturda nazarda tutilgan barcha chora-tadbirlar to'liq amalga oshirilishi yuzasidan masul vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
bir hafta muddatda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda Dastur ijrosini taminlash bo'yicha hududiy ishchi guruhlar tashkil etilishini taminlash;
ikki hafta muddatda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman hokimliklari tomonidan ushbu qaror va dasturdan kelib chiqqan holda hududiy dasturlar ishlab chiqilishini taminlash;
bir oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan barcha sport turlari bo'yicha tegishli respublika va hududiy sport federaciyalariga (uyushmalariga) biriktiriladigan homiy tashkilotlarning amaliy yordam berish bo'yicha takliflari va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga doir barcha masalalar hal etilishini taminlash;
ikki oy muddatda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, ularni maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkillashtirish va nazorat qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarning natijalari muntazam ravishda hukumatning yarim yillik majlislarida muhokama qilib borilsin.
3. Dasturning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari;
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari talim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari;
O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari;
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, jamg'armalar, sport federaciyalari (uyushmalari), klublari, xorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablag'lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari aholi, o'quvchi va talabalarni sport musobaqalariga, respublika sport tadbirlariga yuborish uchun mablag'lar Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag'lar doirasida asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq ajratilishini taminlasin.
5. O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi:
sport inshootlarini yangidan qurish, rekonstrukciya qilish va mukammal tamirlash ishlari bo'yicha loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o'tkazilishini taminlasin;
Dasturni amalga oshirish doirasida bajariladigan loyihaviy va qurilish-montaj ishlari sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o'rnatsin hamda buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borsin.
6. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi tomonidan bildirilgan hududiy ko'p tarmoqli tibbiyot markazlarida sport tibbiyoti bo'limlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to'g'risidagi takliflar maqullansin.
7. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasiga:
Dastur va uning asosida ishlab chiqilgan hududiy dasturlarda belgilangan barcha chora-tadbirlar ijrosi o'z muddatida sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududiy ishchi guruhlarga tashkiliy-uslubiy yordam ko'rsatish;
O'zbekiston terma jamoalari sportchilarining o'quv-mashg'ulot yig'inlari, jahon birinchiliklari, Osiyo o'yinlari va chempionatlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini taminlash maqsadida musobaqalar yakunlarida erishilgan natijalarni chuqur tahlil qilish va tizimli monitoringini olib borish;
yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan sport maktablariga, talim muassasalari va sport klublariga iqtidorli sportchilarni qabul qilish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini taminlash yuzasidan doimiy ravishda tasirchan choralar ko'rish hamda har chorak yakunlari bo'yicha qo'mitaning majlislarida tanqidiy-tahliliy muhokamadan o'tkazish vazifalari yuklansin.
8. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari:
sport inshootlari yil davomida uzluksiz faoliyat yuritishini taminlash, ulardan samarali foydalanish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ehtiyojga ko'ra sport inshootlarini muqobil energiya manbalari bilan jihozlash choralarini ko'rsin;
tegishli hududda sport federaciyalariga (uyushmalariga) biriktiriladigan homiy tashkilotlarning amaliy yordam berish turlari (bino va inshootlardan bepul foydalanish, mablag'lar hamda sport anjomlari bilan taminlash va h.k.) bo'yicha takliflari va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga doir barcha masalalar hal etilishini taminlasin;
sport talim muassasalari va majmualari ixtiyoridagi er maydonlarini (ochiq va yopiq turdagi sport inshootlarini) tasarruf etish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshirilishiga qatiy rioya qilinsin.
9. O'zbekiston Milliy axborot agentligi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi Dasturning mazmun-mohiyati hamda uning doirasida tashkillashtiriladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, internet tarmog'i orqali aholi orasida muntazam va keng yoritilishini taminlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxodjaev zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOEV
Toshkent shahri, 2017 yil 3 iyun
Fikrlar