19 iyu 07:52
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi uchun 82,7 milliard so'm ajratilgan
Unda Qonunchilik palatasi deputatlari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari xodimlari, Milliy olimpiya qo'mitasi azolari, jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi xodimlari, hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2018 yil 20 sentyabr kuni bo'lib o'tgan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida mamlakatimizda sportning ommaviyligini taminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Eshituvda takidlab o'tilganidek, yurtimizda tashkil etilgan sport haftaliklari doirasida respublika bo'yicha jami 11 145 ta ommaviy sport musobaqalari o'tkazilgan. Mazkur tadbirlarda 2 mln. ga yaqin aholi, shundan 732 076 nafar ayollar ishtirok etgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktyabrdagi “O'quvchi va talaba yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi Qaroriga muvofiq sportning 12 ta turi bo'yicha sport musobaqalarining 1-2-bosqichlari respublikamizning barcha tuman (shahar)larida o'tkazilgan.
Qo'mita eshituvida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 yanvardagi “O'zbekistonda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to'g'risida”gi Qaroridan kelib chiqib, “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini topshirgan aholini taqdirlash uchun 2 183 827 dona ko'krak nishonlari va guvohnomalarga bo'lgan ehtiyoj aniqlanganligi haqida malumot berildi.
Tadbirda ushbu maqsadlar uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2019 yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq vazirlikka 82,7 mlrd so'm, shundan, 26,1 mlrd so'm sport tadbirlarida O'zbekiston sportchilarining ishtirok etishlari uchun davlat byudjetidan mablag' ajratish ko'zda tutilganligi alohida qayd qilindi.
Malumki, 2019 yil 22 yanvarda tasdiqlangan “2019 yilda aholining barcha qatlamlari o'rtasida o'tkaziladigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining taqvim rejasi”ga asosan joriy yilda 23 ta olimpiya sport turlaridan hamda 1 ta kurash milliy sport turidan jami 24 ta o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazilgan. O'quv-mashg'ulot yig'inlarida 277 nafar o'g'il bolalar, 91 nafar qiz bolalar, jami 368 nafar sportchilar ishtirok etganligi, bundan tashqari rejaga muvofiq 62 ta sport turlaridan 162 ta sport tadbirlari o'tkazilib, ularga jami 115 610 nafar ishtirokchi jalb etilib ularning 45 805 nafarini ayollar ekanligi aytib o'tildi.
SHuningdek, sport muassasalarida trener va oliy malumotli trenerlar sonini oshirish borasida ham muayyan ishlar olib borilayotganligi hamda tizimdagi sport muassasalarining bugungi kunda 1 492 ta trenerlarga ehtiyoj mavjudligiga etibor qaratildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 apreldagi “Trenerlik faoliyati bilan shug'ullanishga ruxsat berish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatishning mamuriy reglamentini tasdiqlash to'g'risida”gi Qaroriga muvofiq trenerlik faoliyati bilan shug'ullanishga ruxsat berish bo'yicha davlat xizmati olish uchun murojaatlar Davlat xizmatlari markazlari yoki O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi trenerlik faoliyati bilan shug'ullanishni xohlovchilar uchun engilliklar yaratishga qaratilganligiga to'xtalib o'tildi.
Ommaviy jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishda targ'ibot va tashviqot ishlarini samarali tashkil etishga alohida urg'u berilayotgani etirof etildi. Takidlash joiz, ushbu maqsadlarda ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari, ayniqsa, televidenie orqali kuniga 3 martalik 3-5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashg'ulotlarini targ'ib qilishga qaratilgan videoroliklar namoyishi yo'lga qo'yilgan.
Tadbirda bugunga kelib sportning ommaviyligini oshirishga qaratilgan say-harakatlar natijasida umumtalim maktablarida tashkil etilgan sport to'garaklari soni 38 554 taga, ularga jalb etiladigan o'quvchilar soni 1 161 779 nafarni tashkil etayotganiga urg'u berildi.
SHu bilan birga, yig'ilishda deputatlar tomonidan mamlakatimizda sportni ommaviyligini taminlash borasida istiqbolga mo'ljallangan ustuvor yo'nalishlari sohada echimini kutayotgan mavjud muammolarni hal qilishga xizmat qilishi zarurligi, bu borada o'tgan davrda imkoniyatlardan to'laqonli foydalanilmaganligi alohida aytib o'tildi. Sportni ommaviyligini taminlash borasida imkoniyatlardan to'liq foydalanilmayotganligiga etibor qaratildi. Bu borada rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o'rganib borish, tahlil qilish va choralar ko'rish masalalariga etiborni kuchaytirish zarurligi takidlandi.
Yig'ilish ishtirokchilari tomonidan ushbu sohadagi ishlarni takomillashtirishga qaratilgan choralar va takliflarni ishlab chiqish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Eshituv yakunlari bo'yicha qo'mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Fikrlar