So’nggi yangiliklar

07:33Қайта тайинланган вазир иштирокидаги йиғилишда устувор вазифалар белгилаб олинди 0 07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0

14 fev 19:27
Yangiliklar

Tadbirlar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Hayat yig'ilishi o'tkazilib, aniq vazifalar belgilandi

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Hayat yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unga Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov raislik qildi. Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri Obid Qudratov hamda Vazirlar Mahkamasi masul xodimi Rashid Tolipovlar ham qatnashdi. SHuningdek, yig'ilishda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda hududiy boshqarmalarning rahbarlari, barcha sport talim muassasalarining direktorlari joylardan videokonferenc aloqa tarzida ishtirok etishdi.

Hayat yig'ilishi 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini taminlash masalalariga bag'ishlandi.

Malumki, 2021 yil 3 fevralda davlatimiz rahbarining PF—6155-son Farmoni bilan 2021 yilgi davlat dasturi qabul qilindi. Davlat dasturining asosiy maqsadi — yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, iqtisodiyotni rivojlantirish orqali xalq farovonligini oshirishga qaratilgan.

Davlat dasturining to'g'ridan-to'g'ri 7 ta bandida Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga ham aniq vazifalar belgilangan.

Jumladan, Davlat dasturining 206-bandida, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etishga qaratilgan “Sportni sev, sport bilan yasha!”, “Biz – Yangi O'zbekiston yoshlarimiz”, “Biz bir jamoamiz” shiorlari ostida ommaviy sport festivallari, shuningdek, “Maktablar futbol ligasi”, “Sport maktablari futbol ligasi” kabi sport tadbirlari va musobaqalarini tizimli o'tkazish belgilangan.

Afsuski ayrim joylarda sport tadbirlari rasmiyatchilik uchun o'tkazilayotgani, hududlarda “mahallabay” ishlash tizimi yo'lga qo'yilmagani, keng ommani sog'lom turmush tarziga jalb etish borasidagi ishlar qoniqarsiz ekanligi aytib o'tildi.

Hayat yig'ilishida hududiy boshqarmalarga ommaviy sport targ'ibotini yanada kuchaytirish, joylarda “mahallabay” ishlash tizimiga o'tish borasida aniq ko'rsatmalar berildi. SHuningdek, sport inshootlarining foydali ish koefficientini yanada oshirish, bu borada Xalq talimi vazirligi tizimidagi maktablarning sport zallaridan maksimal darajada samarali foydalanish kerakligi takidlandi. CHunki, bolalar-o'smirlar sport maktablari barcha hududlarga ham kirib bormagan, umumtalim maktablari esa barcha hududlarda mavjud.

Davlat dasturiga muvofiq, aholini ommaviy sport turlariga keng jalb qilish orqali 2021 yilda jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilar qamrovini hozirgi 19 foizdan 25 foizga etkazish belgilangan. Ushbu maqsadga erishish uchun hududiy boshqarmalar boshliqlari aholining barcha qatlamini qamrab oladigan ommaviy sport tadbirlari o'tkazilishini taminlash bo'yicha joylarda hokimning yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosari boshchiligida ishchi guruhlarni tashkil etishi lozim.

SHuningdek, sport tadbirlarini yil davomida “mahallabay” tizimida o'tkazilishini tashkil etish rejasi, nizomi, o'tkazish muddatlari va mexanizmi aks etgan metodik qo'llanma ishlab chiqiladi va ushbu qo'llanmalar har bir mahallaga etib borishi taminlanadi.

Yil davomida ommaviy sport tadbirlari o'z vaqtida va yuqori saviyada o'tkazilishini taminlash maqsadida sport turlari bo'yicha federaciyalarning quyi bo'g'inlari hamda korxona-tashkilotlarning “Sport targ'ibotchi”lari bilan hamkorlik kuchaytiriladi. Hududiy boshqarmalar rahbarlari faoliyati yil oxirida reyting tizimi asosida baholanadi. Bunda asosiy etibor ommaviy sport tadbirlarini tashkil etilishi hamda oliy sport natijalariga qaratiladi.

2021 yildan etiboran aholi orasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o'tkazish va rag'batlantirish tizimini yo'lga qo'yiladi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

Loyiha haqida qisqacha to'xtalsak, endi har yili sport sinovlari mamlakatimizdagi mavjud barcha mahallalar, vazirlik va idoralar kesimida muntazam o'tkazib boriladi. Joylarda aholini jismoniy tarbiya va sportga jalb etishni baholash bo'yicha milliy reyting tizimi joriy etiladi.

Sport sinovlarining g'olib va sovrindorlari I, II, va III darajali ko'krak nishonlari bilan taqdirlanadi hamda ularga tegishli sport razryadlari va unvonlari beriladi. Qolaversa, g'olib o'quvchilarga “Temurbeklar maktabi”ga imtiyozli kirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uchun to'lovlar bo'yicha 50 foizlik chegirmalar berilishi ham ko'zda tutilgan.

Dasturda sportning yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” (mahalla va ko'cha fitnesi) turlarini ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida har bir mahalla va tuman(shahar)larda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug'ullanishga sharoit yaratish belgilangan.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 104 mlrd. so'm ajratilishi belgilangan. Bu borada Moliya vazirligi bilan hamkorlikda ishlash, mablag'larning maqsadli sarflanishini taminlash, barpo etilayotgan sport maydonchalarining uzoq muddat va samarali ishlashini tashkil etish maqsadida uning sifatiga jiddiy etibor qaratish kerakligi uqtirildi.

Jismoniy tarbiya va sport muassasalari hamda 16 mingta maktabgacha talim va umumtalim muassasalarini sport jihozlari bilan taminlash ham Davlat dasturida alohida qayd etilgan. Sport jihozlarini xarid qilishda ularning sifatiga ham jiddiy etibor qaratish kerakligi takidlandi.

Joriy yil mamlakatimiz sportchilari oldida turgan eng nufuzli musobaqa – bu Yaponiyaning Tokio shahrida o'tkaziladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlaridir. Dasturda sportchilarimizning ushbu musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko'rishi va munosib ishtirok etishi uchun zarur choralarni ko'rish ham belgilangan. Bu borada, har 15 kunda sportchilarning Olimpiadaga licenziyani qo'lga kiritish jarayoni muhokama qilib boriladi, sportchi va trenerlar bilan shaxsan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammolarini hal etish choralari ko'riladi.

Ikkinchidan, milliy terma jamoalarimiz tomonidan shu yil 25 iyungacha 49 ta xalqaro licenzion musobaqada ishtirok etib, 26 ta sport turi bo'yicha 68 ta licenziyani qo'lga kiritish choralari ko'riladi.

Malumki, 2025 yilda O'zbekiston o'smirlar o'rtasidagi IV yozgi Osiyo o'yinlariga mezbonlik qiladi. Davlat dasturida ushbu musobaqani o'tkazishga puxta tayyorgarlik ko'rish vazifasi belgilangan.

Ushbu maqsadga erishish uchun avvalo, 20 maygacha Ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrida mavjud sport inshootlari, logistika, transport, mehmonxona infratuzilmalari tahlil qilinib, chet el tajribasini o'rgangan holda yirik Osiyo o'yinlarini o'tkazish uchun talab etiladigan tegishli qo'shimcha infratuzilmalar va obektlar ro'yxati shakllantiriladi, ularning qurilishi hajmlari va qiymatlari aniqlanadi. SHuningdek, Osiyo o'yinlari dasturiga kiritiladigan sport turlari aniqlanadi. Yil davomida Xalqaro olimpiya qo'mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda xalqaro va Osiyo federaciyalari vakillarining O'zbekistonga tashriflari tashkil etiladi. Osiyo o'yinlarini o'tkazgan davlatlarning eng yaxshi tajribalari asosida Toshkentda o'tkaziladigan Osiyo o'yinlarining bosh rejasi loyihasi ishlab chiqiladi.

Bu islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad — aholining keng qatlami, ayniqsa uyushmagan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, sportning ommaviyligini yanada oshirishdan iborat.

Hayat yig'ilishida vazirlik tizimida ijro intizomi masalasi ham ko'rib chiqildi va bu borada yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish choralari belgilandi.

O'z navbatida Hayat yig'ilishida hududiy boshqarmalardan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri G'.Bayniyazov, Surxondaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i A.Arabov, Sirdaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i I.O'roqov, Namangan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i A.To'ychiev hisobotlarda keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko'rishini malum qildi.

SHuningdek, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor M.Boltaboev ham sohada kadrlar bilan bog'liq muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarini bildirdi.

Hayat yig'ilishi yakunida bildirilgan fikrlar va ko'rsatib o'tilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan “Yo'l xaritasi” ishlab chiqildi hamda aniq vazifalar belgilandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing