14 okt 10:29
Yangiliklar

UWW Prezidenti sport tashkilotlarining rahbarlari bilan muzokara o'tkazdi
Tashrif doirasida O'zbekiston va UWW o'rtasidagi hamkorlikni yanada izchil yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
Sport vazirligi, MOQ va O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi rahbariyati ishtirokida kechgan uchrashuvda o'zaro hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi. Suhbat davomida terma jamoalar uchun yanada qulayliklar yaratish, xalqaro tashkilotda o'zbekistonlik mutaxassislarning sonini ko'paytirish va ularning malakasini oshirish kabi mavzularga ham to'xtalib o'tildi.
Janob Lalovich MOQning Martabali mehmonlar kitobiga o'zining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi. SHuningdek, u tadbir yakunida sentyabr oyida Xorvatiyada o'tgan jahon chempionatida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarimiz hamda ularning murabbiylari bilan uchrashdi. Ularga davlat tomonidan tegishli pul mukofotlari topshirilib, jahon chempioni Aytjan Xalmaxanovga BYD avtomashinasi taqdim qilindi.
Fikrlar