10 avg 14:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Jo Joys Aleksandr Usikdan qasos olmoqchi
Superog'ir vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Jo Joys ukrainalik Aleksandr Usik bilan jang qilmoqchi ekanligini malum qildi.
Bokschining so'zlariga ko'ra, u 2013 yilda Butunjahon boks seriyasidagi (WSB) mag'lubiyati uchun ukrainalik bokschidan qasos olmoqchi.
"Bu ajoyib jang bo'ladi. Menimcha bu kurashda uslublar to'qnash qiladi. 2013 yildagi mag'lubiyat uchun undan o'ch olmoqchiman.
Menimcha o'sha jangda biz juda teng kurash olib borganmiz. O'ylashimcha yana shunday bo'ladi", — dedi Joys.
Eslatib o'tamiz, Eslatib o'tamiz, Joys Rio Olimpiadasida o'zbekistonlik Bahodir Jalolov ustidan g'alabaga erishgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar