04 dek 13:00
Yangiliklar
Jo Rogan CHimaevni mag'lub etishi mumkin bo'lgan yagona jangchini aytdi
"Uning kurashi haddan tashqari zo'r. Agar sen raqobatlasha olmasang, unda... Mana o'sha jangdan keyin Drikus haqida nima degan edim - bu kurash darajasidagi tafovut shunchalik kattaki, bu Grand-Kanondan sakrab o'tishga urinishdek gap. Olti yoshligingga qaytib, Dog'istonda kurash boshlash uchun senga vaqt mashinasi kerak bo'ladi... Bu yigit bilan faqat zarba berishni ham biladigan elita kurashchi bellasha oladi. Bu yigitga bas kela oladigan odamni ko'rmayapman. Faqat Bo Nikal, lekin Bo hali jangchi sifatida o'sishi kerak, u oldinga siljishi kerak va buni qadamma-qadam amalga oshirib kelmoqda. U nihoyatda intizomli va fidoyi yigit. Kimdir buni uddalay olsa ham aynan Bo. CHunki unda elita kurashi bor", - deya Roganning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow.
Malumot uchun, Xamzat CHimaev SHimoliy Amerika ligasi tarixida professional darajada mag'lubiyatsiz chempion bo'lishga muvaffaq bo'lgan 16-jangchi hisoblanadi. Xamzatning rekordida 15 ta g'alaba bo'lib, ulardan 12 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan. Nikal aralash yakkakurashlarda sakkizta g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etgan.

Fikrlar