26 mar 15:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Jo Rogan: "Endi Kanadaga bormayman, u erdan Rossiyani afzal ko'raman"
Amerikalik UFC sharhlovchisi Jo Rogan may oyida UFC 315 turniri uchun Kanadaga borish niyati yo'qligini aytdi.
SHarhlovchi bungacha faqat AQSHda o'tkazilgan shoularda ishlagan.
"Men u erga bormayman. Ha, endi umuman Kanadaga bormayman. Undan ko'ra men Rossiyaga borishni afzal ko'raman. Kanadaning 51-shtat bo'lishi? Bu hech qachon sodir bo'lmaydi. Ularga 51-shtat bo'lishni taklif qilishganligi aqldan ozganligini bildiradi.
Bu haqda Tramp bilan gaplashdim va u "Men Tryudoni gubernator deb hazillasha boshladim", dedi. Ammo ko'pchilik buni yaxshi fikr deb hisoblaydi. Balki rostdir... Ularda dahshatli hukumat bor, lekin kanadaliklar ajoyib odamlar", dedi Rogan.
Havola :
Manba : BJPenn.com
Fikrlar