13 dek 11:55
Yangiliklar
Jokovich Asics kompaniyasi bilan yangi krossovka modelini chiqaradi
Yangi modeldagi krossovka Court FF3 Novak deb nomlanadi va 1 yanvardan sotuvga chiqariladi. Serbiyalik tennischi Avstraliyadagi turnirlarda yangi poyabzal kiyishni rejalashtirgan.
"Avvaliga men o'zgarishni xohlamasligimni aytdim. Oldingi homiydan Asics'ga o'tganimda (2018 yilgacha Jokovich Adidas krossovkalarida o'ynagan - tax.) men xuddi yuk mashinasidan sport avtomobiliga o'tgandek bo'ldim. Menga harakat qilish osonroq bo'lganini his qildim va yanada moslashuvchan bo'ldim. Bu krossovkalarda yo'nalishni tezda o'zgartirish va oson siljish mumkin.
Nima uchun hamma narsa yaxshi bo'lsa o'zgarish kerak? Bundan ham yaxshiroq poyabzal chiqarish uchun harakat qilgan maqul”, — deya Jokovichning so'zlarini keltiradi Tennis365.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Jokovich Court FF2 Novak krossovka modelidan foydalangan.
Fikrlar