12 iyu 09:09
Yangiliklar
Tennis
Jokovichning chempionlik himoyasi davom etadi
Mavsumning uchinchi "Katta Dubudg'a" turniri o'zining qizg'in pallasiga kirib ulgurdi.
Jahonning ikkinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich turnirning chorak finalida ATR reytingida 7-o'rinda borayotgan rossiyalik Andrey Rublyovga qarshi bahs olib bordi.
Ikki soatu 51 daqiqa davom etgan uchrashuvda Jokovich 4/6, 6/1, 6/4, 6/3 hisoblarida g'alaba qozonib, 1/2 final ishtirokchisiga aylandi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Jokovich hamon oldinda - 4:1.
Novak faoliyatida 46-bor "Katta Dubulg'a" turniri 1/2 finaliga chiqdi va bu borada shveycariyalik Rojer Federerning natijasini takrorladi. Endi u final chiptasi yo'lida italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, serbiyalik tennischi turnirning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar