14 avg 08:53
Yangiliklar

Jon Jons 30 million dollardan voz kechdi
Gap shundaki, Jon Jons Tom Aspinall bilan jang uchun 30 million dollar so'ragan. Dunyoning eng kuchli Ligasi rahbarlari uning moliyaviy shartini bajarishga rozi bo'lgach, Jon jangdan bosh tortgan.
"Men "qochdi" so'zini ishlatishni yoqtirmayman, chunki bu Jon Jonsga nisbatan hurmatsizlik bo'lardi. Lekin menimcha, u haqiqatan ham Tom bilan jang qilishni xohlamagan. U 30 million dollar so'radi va fikrimcha, u bunga loyiq edi. Faqat Jons rozi bo'lishlarini kutmagandi, lekin aynan shunday bo'ldi. Bu masalani hal qilishga Saudiya Arabistonidagilar, qolgan kattalar aralashdi va Jon "ha" dedi. Lekin ikki-uch kundan keyin "yo'q, men ketaman" deb fikrini o'zgartirdi.
Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni shu yilning iyun oyida istefoga chiqishini elon qilgandi. Buning natijasida og'ir vazn toifasida UFC vaqtinchalik kamari sohibi bo'lgan britaniyalik to'laqonli divizion chempioni maqomiga ko'tarilgan edi.
Fikrlar