12 iyu 13:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons barcha davrlarning Top-4 buyuk jangchilarini sanab berdi
Og'ir vaznda amaldagi UFC chempioni Jon Jons barcha davrlarning eng yaxshi MMA jangchilari qatoriga o'zini ham kiritgani etiborga molik holat.
U qolgan uch aralash yakkakurash afsonalari bilan bir qatorda turishini aytgan. Lekin negadir u o'zi hurmat qiladigan rossiyalik afsonaviy MMA jangchisi Fedor Emelyanenkoni bu ro'yxatga kiritmagan.
"Kuchli to'rtlik – Demetrius Jonson, Anderson Silva, Jorj Sent-Perr va men! Bu to'rt jangchining o'rinlarini raqamlamaslikni lozim topdim. Biz haqiqatan ham bu sportda yuksaklik darajasiga erishdik", - dedi amerikalik chempion.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar