25 may 08:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons barchaga syurpriz tayyorlamoqda
Frensis Ngannuga qarshi jang muzokaralari muvaffaqqiyacizlikka uchragan va Stip Miochichga qarshi kurashdan voz kechgan yarimog'ir vazn toifasidagi UFC sobiq chempioni Jon Jons muxlislariga ajoyib syurpriz tayyorlayotganini malum qildi.
U o'zining Twitterida: “Men katta va g'ayrioddiy narsaga hayot baxsh etaman. Bu sayyorada hali hech kim yurmagan yo'lni bosib o'taman. Buyuklik behuda narsalarga toqat qilmaydi”,-deb yozib qoldirgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq UFC rahbari Dana Uayt esa endi tashkilot Jon Jonsning og'ir vazn toifasidagi ehtimoliy debyutini hali bo'lmasligini va hozir 7-avgustda UFC 265 turnirida bo'ladigan Frensis Ngannu hamda Derrik Lyuis jangini tashkil qilish ishlarini qilayotganini malum qilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar