21 iyu 11:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons faoliyatini yakunlagan Dastin Porega murojaat qildi
Og'ir vazn toifasida amerikalik UFC cobiq chempioni Jon Jons engil vaznning vaqtinchalik sobiq chempioni Dastin Porega yuzlandi.
Xabaringiz bor, kecha Pore Nyu-Orleanda o'tkazilgan UFC 318 turnirida Maks Xolloueyga qarshi oktagonga chiqqan va jangdan keyin faoliyatini rasman yakunlaganini elon qilgandi.
"Dastin, takrorlanmas karera bilan tabriklayman. SHouga boy bo'lgan yillar uchun senga rahmat. Endi esa borib nafaqada rohatlanishing mumkin", deb yozgan Jon.
Jonsning o'zi ham yaqindagina UFC'dagi chempionlik kamarini qoldirib, istefoga chiqqanini malum qilgandi.
Havola :
Manba : x.com/JonnyBones
Fikrlar