09 fev 16:42
Yangiliklar
Jon Jons hozirda o'zining eng sevimli MMA jangchisi kimligini aytdi
Amerikalik 38 yoshli aralash yakkakurash ustasi engil vazn toifasida UFC’ning amaldagi chempioni, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 29 yoshli ispaniya-gruziyalik Iliya Topuriyani yoqtirishini tan oldi.
"Mening sevimli MMA jangchim har doim Anderson Silva bo'lgan, u shunchaki aql bovar qilmaydigan sportchi. Hozir aytishim mumkinki, menga Iliya Topuriya yoqadi, bu yigit meni ilhomlantiradi. U shunchaki bomba!", - deya Jonsning so'zlarini keltiradi Sportskeeda portali.
Malumot uchun, Topuriya 2015 yilning aprel oyida professional aralash yakkakurash jangchisi sifatida debyut qilgan. "Matador" UFC`da 2020 yil oktyabr oyidan o'z janglarini o'tkazib keladi. Iliyaning rekordida 17 g'alaba bo'lib, ulardan faqat ikkitasi hakamlar qarori bilan qo'lga kiritilgan. Qolgan 15 ta jangni muddatidan avval o'z foydasiga hal qilgan.

Fikrlar