04 may 13:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jons: "Men buni tan olishni xohlamayman"
Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons eng sevimli jangchisi o'rta vazn toifasi chempioni Israel Adesanya ekanligini aytdi.
Adesanya bilan iliq munosabatda bo'lmasa ham Jons unga jangchi sifatida hurmat ko'rsatdi.
"Men buni tan olishni yomon ko'raman, lekin shuni aytishim kerakki, hozirda sevimli UFC jangchim bu - Israel Adesanya! Israel bilan do'st emasmiz, lekin hozirda u UFCʼda eng qiziqarli yigit. Uning Aleks Pereyra bilan bo'lgan butun tarixi UFCʼda uzoq vaqt davomida men ko'rgan eng hayajonli voqea", - dedi Jons.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar