30 iyu 09:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons o'zini mag'lub etgan yagona jangchi kimligini aytdi
Amerikalik 38 yoshli sobiq UFC chempioni Jon Jons Rossiyada mehmon bo'ldi.
Jons rossiyalik Adlan Amagov bilan o'tkazilgan sparringda nokaut bo'lganini tan oldi va unga nisbatan hurmatini bildirdi.
"Adlan — meni mag'lub etgan yagona odam. U ajoyib inson. Uning yurtdoshlari uni qadrlashi menga juda yoqadi. Moskvadagi IBA Bare Knuckle boks shousida u bilan ko'rishganim men uchun katta sharaf", — dedi Jons Bloody Elbow nashriga.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar