18 apr 09:22
Yangiliklar

Jon Jons qaytyapti! Uning Stipe Miochichga qarshi jang sanasi malum
U katta ehtimol bilan 2 iyul kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 276 turniri doirasida Stipe Miochich bilan jang qiladi. Bu malumotni shaxsan UFC prezidenti Dana Uayt tasdiqladi. Ayni paytda tashkilot Jons - Miochich jangini tashkil qilish bo'yicha ishlarni boshlab yuborgan.
Aytilishicha, g'olib UFC og'ir vazn toifasida vaqtinchalik chempion kamarini qo'lga kiritadi. Divizionning amaldagi chempioni Frensis Ngannu yaqinda tizzasini operaciya qildirdi va buning natijasida yil oxirigacha safdan chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Jon Jons 2020 yilning fevralidan beri jang o'tkazmay kelyapti. O'shanda u yarimog'ir vazn toifasidagi UFC chempionlik kamarini Dominik Reyesdan muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. Stipe Miochich esa so'nggi jangini o'tgan yilning mart oyida Frensis Ngannuga qarshi o'tkazib, nokautga uchragandi.
Fikrlar