26 iyu 18:41
Yangiliklar
Jon Jons Tom Aspinallning so'zlariga keskin javob qaytardi
"15 yildan beri bir xil iboralarni eshitaman. Hamma jang qilishni orzu qiladigan yigit bo'lish ajoyib. Har safar qandaydir yigit meni mag'lub etishni vada bersa, dejavyu tuyg'usini his qilaman. Ammo, shu bilan birga hali ham mag'lub o'lganim yo'q. Yuzim allaqachon oqarib ketdi. Ko'pincha, ko'p gapiradigan yigitlar keyingi jangida g'alaba qozona olishmaydi. Bu o'yinda anchadan beri borman. Meni hayratda qoldirish tobora qiyinlashib bormoqda. Menga o'xshab g'alaba qozon, keyin bemani gaplaringni gapir.
Har doim shunday bo'ladi. Uni adabini bermagunimcha, kimdir yigitni maqtaydi. Keyin ular: "Bu odam kim o'zi?" deb yozishadi. Siril Gan bir necha oy oldin MMA kelajagi edi. U og'ir vaznda eng tezkor jangchi deyishgan edi. Endi bo'lsa ular: "Kim o'zi u?" deyishadi", - dedi Jons.
Avvalroq Aspinall "Jonsni nokaut qilishim uchun bitta zarba etarli" mazmunida fikr bildirgandi.
Fikrlar