10 jan 09:30
Yangiliklar
Jon Jons: "Xamzat CHimaev istalgan vaznda raqobatlasha oladi"
U nafaqat tashkilotning eng yaxshi yarim og'ir vazn toifasidagi jangchilari bilan raqobatlashishga, balki og'ir divizion vakillarini mag'lub etishga qodir, dedi ikki vaznda dunyoning eng kuchli ligasi sobiq chempioni Jon Jons.
"O'ylashimcha, Xamzat CHimaev istalgan vaznda raqobatlasha oladi. U hozirda sayyoramizdagi eng yaxshi jangchilardan biri. Menimcha, u og'ir vaznlilar bilan raqobatlashish uchun gavda tuzilishi jihatidan etarlicha katta, parterda ham qiynalmaydi. Uni yarim og'ir vaznda ko'rishni xohlardim. Xamzat Aleks Pereyra va Magomed Ankalaev kabi yigitlarga jiddiy raqobatchi bo'lardi" - dedi amerikalik Red Corner MMA’ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, avgust oyida o'rta vaznda UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan CHimaev Ramazon oyidan keyin birinchi chempionlik himoyasini o'tkazishni rejalashtirmoqda. Agar Aleks Pereyra chempionlik imkoniyatini qo'lga kiritsa, yarim og'ir vazn toifasida yangi chempion paydo bo'lishi mumkinligi ham aytilmoqda.

Fikrlar