23 iyu 08:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons yana YTH sababchisi bo'lib, hodisa joyidan qochib ketganlikda ayblanyapti
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jons baxtsiz hodisa joyidan qochganlikda ayblandi.
MMA Fighting tomonidan qo'lga kiritilgan sud hujjatlariga ko'ra, Jons 17 iyun kuni katta tan jarohati yoki o'limga olib kelmasdan, baxtsiz hodisa sodir etganlikda ayblangan.
Biroq, hujjatlarga ko'ra, baxtsiz hodisaning o'zi 24 fevral kuni sodir bo'lgan. Hodisa va qo'zg'atilgan ayblovlar orasida nima uchun bir necha oy o'tgani hozircha nomalum, biroq Jons 24 iyun kuni sudga garov puli bo'yicha tinglash uchun kelishi rejalashtirilgan.
Malumotlarga ko'ra, ish avtohalokat bilan bog'liq bo'lib, unda bir notanish ayol mast va qisman yalang'och holda mashinadan topilgan.
Avvalroq, Jon Jons chempionlik kamarini bo'sh qoldirib, UFC'dagi faoliyatini yakunlagan edi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar