15 okt 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jonsni o'zi shug'ullanadigan sport zalidan chiqarib yuborishdi
Yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jonsni Jekson-Vink MMA sport zalidan haydab solishdi. Bu haqida ushbu zal murabbiyi Maykl Vinkldjon xabar qildi.
O'tgan oyda jangchi o'z uyida zo'ravonlik qilish va avtomobilga zarar etkazish ayblovlari bilan qamoqqa olingandi.
"Men juda hafa bo'ldim. Eng yomoni, Jonsning qizi mendan policiya chaqirishni so'ragani bo'ldi. Mening ham uchta qizim bor, buni eshitish menga og'ir.
Jon bilan gaplashib oldim va shunday dedim: "Jon, gap shundaki, sen mening ukamdeksan. Zalga qaytishdan oldin sen ichishni tashlashing va hayotingdagi bazi narsalarni o'z iziga tushirishing kerak".
Hozir u zalda mashq qilmayapti. Men shunday qilishga majbur bo'ldim. U bilan bo'layotgan muammolarga ko'z yuma olmasdim", -dedi Maykl Vinkldjon.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar