So’nggi yangiliklar

17:50Магнус Карлсен: "Нодирбек ҳозирда дунёнинг энг хавфли шахматчиси!" 0 17:29Қиличбозлик бўйича Ўзбекистон чемпионати старт олди 0 17:08Расман! Тим Цзюнинг 3 йилдан бери рингга чиқмаган Эррол Спенсга қарши жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 16:47Англиянинг топ-клуби Хаби Алонсо билан боғланди 0 16:26MMA жамоатчигининг Пратес - Маддалена жангига муносабати 0 16:05Хайме Мунгия WBA йўналишининг янги чемпиони 0 15:44Бенавидес Рамиресни тўхтатди ва Канелога "вызов" ташлади 0 15:23"Ювентус" "Реал" ҳужумчисини ўз сафига қўшмоқчи 0 15:02"Махачев - Гарри жанги ғолиби билан уришмоқчиман" - Карлос Пратес 0 14:41"Аввал Махачевни ютаман, кейин сен билан Бразилияда жанг қиламан" - Гарри Пратесга мурожаат қилди 0 14:20Хамзат Чимаев: "Менда аллақачон камар бор. Энди пул ортидан қувяпман" 0 13:59Диего Симеоне мураббийлик фаолиятидаги 1000-ўйинини ўтказди 0 13:38Наоя Иноуэнинг навбатдаги жанги муддати ва рақиби айтилди 0 13:17"Умид қиламанки Гарри Ислам Махачевни юта олади" - Пратес 0 12:56Камондан отиш бўйича Ўзбекистон терма жамоаси Шарқий Осиё сафарига йўл олди 0

12 dek 09:45
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Jonibek Otabekov - jahon chempionati sovrindori!

10-11 dekabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari bo'yicha noolimpiya vazn toifalari bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Bu haqda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Birlashgan sport kurashlari associaciyasi (UWW) Rio-2016 Olimpiadasi o'yinlariga har bir yo'nalishda mavjud 8ta vazn toifasidan 2tasini kiritmagan edi.

Aynan mana shu vaznlarda jahon chempionati tashkil etildi. Yilning so'nggi nufuzli musobaqasida erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi polvonlari ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi.

Yakunda hamyurtlarimizdan faqat bir nafari sovrindorlar safidan joy oldi. Yunon-kurashi bahslarida 2015 yilgi Osiyo chempionati sovrindori Jonibek Otabekov bronza medali bilan taqdirlandi.

80 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Otabekov bronza medali uchun kechgan bahsda gruziyalik Nikolaz Kelasovni mag'lubiyatga uchratdi. U nimchorak finalda xorvatiyalik Nenad Jugayani 6:4, chorak finalda yaponiyalik Soxa Sakabedan 6:3 hisobida ustun kelgandi.

Lekin yarim finalda rossiyalik Ramazan Abacharaevga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Erkin kurash bahslarining 70 kg vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz Rashid Qurbonov esa bronza medali uchun o'tkazilgan uchrashuvda eronlik Mustafa Xuseynxoniga kichik hisobda yutqazib qo'ydi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing