26 okt 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Jons og'ir vaznda nima uchun faqat Ngannu bilan jang qilishni xohlayotganini aytdi
Yarimog'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jons faqatgina Fransis Ngannu bilan jang qilishni istayotganiga nima sabab bo'layotgani haqida gapirdi.
"Kamar uchun jang - bu mening asosiy maqsadim! Men faqat katta janglarda qatnashishni istayman. Ngannu bilan to'qnashuv aynan shunday jang bo'ladi.
Agar og'ir vaznda Ngannudan yorqinroq yulduz bo'lganda edi, men albatta aynan o'sha raqib bilan jang qilardim. Biroq, hozirda og'ir vazndagi eng katta yulduz bu - Ngunnu! SHu sabab ham men aynan shu jangni ko'zlayapman", - dedi Jons.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar