11 okt 11:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Jonsning murabbiyi Miochichga qarshi jangdan keyin Jon faoliyatini yakunlashiga shama qildi
Jon Jonsning mashg'ulot lagerida bo'lib turgan mashhur mutaxassis Gordon Rayan ayrim malumotlarni ochiqladi.
Unga ko'ra, Stipe Miochichga qarshi jangdan keyin Jons faoliyatini yakunlaydi. Tomonlar o'rtasidagi jang 11 noyabr kuni UFC 295 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
"Bu yigit bilan yana bir necha kunlik ish qoldi. Uning muxlislar uchun qanday shou uyushtirib berishini ko'rishni sabrsizlik bilan kutyapman. SHuningdek, uning yuqori notada sportni tark etishiga tayyorlanyapmiz. Yani, engilmas bo'lib. Bu lagerning bir qismi bo'lish meni faxrlantirib yuboryapti", - deb yozadi Rayan.
Jons so'nggi jangida Siril Ganga qarshi oktagonga ko'tarilgan va birinchi raunddayoq g'alabani rasmiylashtirgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar