15 iyu 16:07
Yangiliklar
Jordan Barrouz RAF bilan shartnoma imzolab, Maxachev va Carukyan bilan bir kechada jang qilmoqchi ekanini aytdi
37 yoshli Barrouz 2012 yilgi Olimpiya o'yinlari chempioni hisoblanadi. SHuningdek, u 74 va 79 kg vazn toifalarida olti karra jahon chempioni bo'lgan. Amerikalik sportchi Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatlarida qo'lga kiritgan umumiy oltin medallari soni bo'yicha AQSH rekordchisi sanaladi hamda erkin kurash tarixidagi eng buyuk polvonlardan biri sifatida etirof etiladi.
Uzoq vaqt davomida Barrouzning aralash jang sanatlariga (MMA) o'tishi haqida turli mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq u bu g'oyadan voz kechdi va erkin kurash bo'yicha Real American Freestyle Ligasi bilan kelishuvga erishdi.
Malum qilinishicha, mashhur kurashchi RAF ligasidagi debyut jangini 22 avgust kuni bo'lib o'tadigan RAF 12 turnirida o'tkazadi. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Islam Maxachev va Arman Carukyan bilan bir oqshomda jang qilish istagida ekanini yozgan.
Fikrlar