So’nggi yangiliklar

07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0 14:19Тайсон - Пол жангида рекорд ўрнатилди - Netflix 0

17 okt 16:57
Yangiliklar

Tadbirlar

Joriy yilda “Samarkand Half Marathon” dasturi qanday tashkil etiladi?

Teglar :  MarafonSamarqand
Bugun, 17 oktyabr kuni ko'hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida “Samarkand Half Marathon” xayriya yarimmarafoni dasturini taqdim etish uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, “Samarkand Half Marathon” tashkiliy qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari Botir Nurullaev, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamg'armasi ijrochi direktori Gayane Umerova, yarimmarafon bosh hamkori «Kapitalbank» ATB boshqaruvi raisi Alisher Mirzaevlar ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

SHuningdek, anjumanda Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari A.Karimov ham ishtirok etdi

Bugungi kunda dunyodagi og'ir epidemiologik vaziyat tufayli 2020 yilgi yarimmarafon dasturining sport qismini virtual formatda o'tkazishni taqozo etmoqda. O'ziga xos yangicha yondashuv yarimmarafon ishtirokchilari va fuqarolarimiz tomonidan ko'plab savollarning tug'ilishiga sabab bo'lmoqda.

“Samarkand Half Marathon” xayriya yarim marafonining 2020 yilgi mavzusi inklyuziv muhit va autizmga chalingan odamlarning muammolarini yoritishga qaratiladi.

- Takidlash joizki, bu yilgi Samarqand yarimmarafoni ham Respublika madaniy hayotida muhim o'ringa ega bo'lib, O'zbekistonda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va sport turizmini rivojlantirishdan tashqari, ushbu loyiha xayriya missiyasiga, yani autizmga chalingan bolalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

Respublika hukumati ushbu yarimmarafon orqali sog'lom turmush tarzini targ'ib qilayotgan va xayriya ishlarini amalga oshirayotgan hamda uzoq muddatli talim va madaniy loyihalarni tashkil etishda tashabbus ko'rsatayotgan Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamg'armasi faoliyatini to'liq qo'llab-quvvatlab kelmoqda.

SHuni takidlashni istardimki, imkoniyati cheklangan va sog'lom bolalarni birgalikda o'qitish va tarbiyalashni tizimli ravishda joriy etish, eng muhimi, jahon tendenciyasiga muvofiq autizm haqida gapirish, birgalikda harakat va tadbirlar bilan butun aholi o'rtasida ushbu muhim mavzu bo'yicha xabardorlikni sifat jihatidan oshirmoqdamiz, - dedi “Samarkand Half Marathon” tashkiliy qo'mitasi raisi A.Abduhakimov.

SHuningdek, matbuot anjumanida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov ham nutq so'zladi.

- Go'zal va hamisha navqiron Samarqand shahrida ikkinchi marotaba tashkil etilayotgan ushbu marafon mamlakat ijtimoiy hayotida yirik hodisa bo'lib, u yurtimizda madaniy turizmni rivojlantirishga katta turtki beradi. Bu shunchaki yugurish, oddiy sport tadbiri emas, balki boy madaniy ananalarni o'zida mujassam etgan loyihadir.

Mamlakatimizning faxri va iftixoriga aylangan sportchilar – Oksana CHusovitina, SHaxram G'iyasov, Odil Axmedov, Ruslan Nuriddinovlar ham mazkur marafonni aholi orasida targ'ib etishda faol ishtirok etdilar.

Fursatdan foydalanib men ham barchangizni ushbu marafonda ishtirok etishga chorlab qolaman.

Bu yilgi yarimmarafon epidemiologik vaziyat tufayli onlayn formatda o'tkazilib, bu yil bilan jahonning turli mamlakatlaridagi minglab odamlar etiborini yana bir bor jannatmakon yurtimizga qaratish mumkin. Bu esa xorijliklarda kelgusida go'zal va navqiron Samarqand shahriga tashrif buyurish istagini uyg'otadi.

Joriy yil 1 noyabr kuni Samarqandda professional sportchilar uchun 21 km masofaga mo'ljallangan klassik yarimmarafon o'tkazilishi rejalashtirilgan. SHu kuni ertalab soat 09:00 dan 11:00 ga qadar belgilangan yo'nalishda professionallar uchun yugurish bo'lib o'tadi. SHundan so'ng, kech soat 21:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida boshqa ishtirokchilar o'z xohishiga ko'ra, har qanday masofani bosib o'tishlari, hatto finish arkasi yonida suratga tushishlari mumkin.

Yarimmarafon o'tkaziladigan kuni Samarqandda bo'la olmagan insonlar uchun yugurish virtual formatda o'tkaziladi, bu esa o'z o'rnida tadbirga ko'plab yuguruvchilarni jalb qilish imkoniyatini hamda butun dunyo bo'ylab ishtirokchilarga joy va masofani o'zlari tanlash erkinligini taqdim etadi. Natijada xalqaro xayriya yarimmarafonining geografiyasi kengayadi.

Bu yil “Samarkand Half Marathon” dasturida aniq belgilangan masofalar bo'lmaydi. Har bir ishtirokchi 1 km.dan 50 km.gacha bo'lgan masofani o'z hohishiga ko'ra bosib o'tadi. Tadbirda qatnashishni istaganlar joriy yil 1 noyabrga qadar yarimmarafonning www.samarkandhalfmarathon.uz saytida ishtirokchi sifatida ro'yxatdan o'tishlari lozim.

Ushbu tadbirda bu yil asosiy etibor jamoaviy ishtirokka, yugurish klublari va koorporativ jamoalarni jalb qilishga qaratiladi. SHu maqsadda tashkilotchilar tomonidan butun dunyo bo'ylab yuguruvchilar orasida juda mashhur va bepul bo'lgan GPS Strava mobil ilovasi ishga tushirildi. Mobil ilova orqali finalchilarning yakuniy natijalari saytga avtomatik ravishda yuklanadi. Natijalarning to'g'ri yuklanishi uchun Strava mobil ilovasida akkauntingizni shaxsiy kabinet bilan birgalikda sinxronlashtirishingiz lozim.

Bu yilgi tadbirda birinchilik uchun asosiy kurash klublar, hududlar va jamoalar o'rtasida kechishini inobatga olgan holda yarimmarafonda respublikamiz mintaqalaridan o'zlarini faol namoyish etishlari so'raladi.

Aholi qamrovi kengroq bo'lishi uchun mobil ilovaga onlayn formatdagi ikkita yangi – masofasi 1 km bo'lgan «Bolalar yugurishi» va «Skandinavcha yurish» variantlari qo'shildi.

1 noyabr – musobaqa kunida yarimmarafonning rasmiy saytida butun dunyo bo'ylab ishtirokchilar tomonidan yugurib o'tilgan umumiy masofa jonli efirda uzatib boriladi. SHu kuni yugurish natijalariga ko'ra, eng uzun masofani bosib o'tgan jamoa va hudud g'olib deb elon qilinadi.

Anjuman yakunida tashkilotchilar marafon o'tadigan trassalar va ularda amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing