08 apr 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Jorj Kambosos ishtirokidagi chempionlik jangi iyun oyida Nyu-Yorkda o'tkaziladi
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida IBF chempioni Richardson Xitchins avstraliyalik Jorj Kambososga qarshi himoya jangini o'tkazadi.
Bu haqda nufuzli The Ring nashri xabar bermoqda.
Bellashuv 14 iyun kuni Nyu-Yorkdagi "Medison Skver Garden" teatrida bo'lib o'tadi.
Kambosos 22 mart kuni Jeyk Villini mag'lub etganidan so'ng, Xitchinsni jangga chorlagan edi. Richardson so'nggi jangini 7 dekabr kuni Liam Paroga qarshi o'tkazib, aynan o'sha jangda g'olib bo'lish orqali IBF kamarini qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar