08 okt 12:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Jorj Sen-Per Xabibga shart qo'ydi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Per engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi jang qilishga tayyor, faqat engil vaznda emas.
“Ancha vaqtdan beri vazn tashlamadim, shu sababli ham engil vaznda jang qilish mening harakatlarimga yomon tasir qilishi mumkin. Xabib jang qilmagan vaqtidan mendan ham katta bo'lishini bilaman. Uning hayotdagi og'irligi 200 funt bo'ladi, men o'rta vaznda jang qilishganimga qaramasdan hech qachon bunday og'ir bo'lmaganman. Hech qachon engil vaznda jang qilmaganman. Agar UFC jangimizni tashkil etish niyati bo'lsa, har ikkimiz uchun o'rta bo'lgan vaznni tanlashi kerak. SHundagina bizning to'qnashuv sodir bo'lishi mumkin. Men engil vaznda oktagonga ko'tarilmayman”,-dedi Jorj Sen-Per.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar