29 mar 19:54
Yangiliklar
Jorjio Pullas Arman Carukyan bilan MMA qoidalari bo'yicha jang o'tkazmoqchi
"Biz hali Dana Uayt bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilmadik, - dedi Pullas MMA Fighting nashriga bergan intervyusida. - Lekin fikrimcha, MMA qoidalari bo'yicha o'rtamizda jang o'tkazadigan tashkilot topilsa yaxshi bo'lardi - striming kompaniyasi yoki boshqa biror platforma ishtirokida... Men bajonidil bu jangda ishtirok etgan bo'lardim".
Eslatib o'tamiz, bugun Pullas va Carukyan RAF ligasida erkin kurash qoidalari bo'yicha so'nggi bir oy ichida ikkinchi jangini o'tkazadi. Ularning birinchi jangida Carukyan 5:3 hisobida g'alaba qozongandi. Belashuvdan so'ng ikkala kurashchi jamoalari o'rtasida ommaviy mushtlashuv yuzaga kelgan edi. SHu bois, RAF rahbariyati revansh bahsini o'tkazishda kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini ko'rishga va qoidabuzarlik uchun raqiblarni shafqatsiz jazolashga vada berdi. Revanshda ham Arman zafar quchdi va bu bilan barchasiga nuqta qo'ydi.

Fikrlar