03 dek 15:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua: 2021 yilda Fyuri bilan emas, Usik bilan jang qilishim haqiqatga yaqinroq
Joshuaning fikricha Tayson Fyurining nima qilishini oldindan bilib bo'lmaydi.
"2021 yilda nima bo'lishini bilmayman. Lekin, mendan kim bilan jang qilishim haqida so'rasangiz, unda men Usikni tanlagan bo'lar edim. Biz bir jamoadanmiz. SHu bilan birga Usik har doim o'z so'zlariga javob berib kelgan.
Fyuri haqida nima deyishim mumkin? U shunchaki ajoyib bokschi. Biz uni rejalarini bilmaymiz. Ketadimi yoki qoladimi. Fyuri Uaylder bilan jang qiladimi yo'qmi, bunisi ham nomalum.
Agar Fyuri men bilan jang haqida jiddiyroq o'ylashni boshlasa, u holda bu jang o'tkaziladi. Men u bilan jang qilishni juda xohlayman. Fyurining bokscha IQ si juda yuqori. Men bu jangga tayyorman, Tayson Fyuri tayyormi yo'qmi bunisini bilmayman. Bu endi boshqa masala", -deydi Entoni Joshua.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar