23 iyu 08:06
Yangiliklar
Joshua asosiy maqsadini aytdi
Britaniyalik bokschi yana shohsupaga qaytib, sovrinlarga ega chiqmoqchi.
"12 raundlik janglarda g'alaba qozonishning yagona yo'li - sport zalida tinmasdan mehnat qilish! SHu sababli, dunyo miqyosidagi zalda shug'ullanayotganimda rohat olaman. SHunday gap bor, baxtli jangchidan xavfli jangchi chiqadi. Demak, bokschining atrofi uni qo'llab turganlarga to'la bo'lsa, uning miyasi barcha narsani tezda qabul qiladi.
To'xtashni istamayman va faqatgina ishlashla davom etib, yana jahon chempioni bo'lmoqchiman. Hayotimni qaynatib, ushbu divizionga yana azart olib kirmoqchiman. Meni bilasiz, qachonki eng yuqorisida bo'lsam, istalgan chaqiruvlarni qabul qilaman. O'sha erga etishim bilan barcha orzularim ushaladi", - dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Joshua navbatdagi jangini 12 avgust kuni Londonda vatandoshi Dillian Uaytga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar