22 may 16:24
Yangiliklar

Joshua faoliyatidagi eng qiyin raqib kim bo'lganini aytdi
"Men duch kelgan eng qiyin raqib bu shubhasiz Vladimir Klichko. Qari sherga qarshi yosh sherning qarshi chiqishi. Men u bilan jang qilganimda hali bunga erta deb o'ylagandim. Lekin, bu jang uning uchun oxirgisi edi.
Demak, o'shanda u bilan jang qilmaganimda keyin kech bo'lardi. Vladimir tajribali va juda kuchli raqib, bu qiyin jang bo'lgandi. Ungacha olti-etti raundda raqiblarni nokautga uchratganman. Vladimir bilan jangda menga o'n bir raund kerak bo'ldi. Bu menda ilgari bo'lmagandi. Albatta, bu mening eng qiyin jangim bo'lgan", — deydi Joshua.
Klichko va Joshua 2017 yilda to'qnash kelgan va yakunda britaniyalik 11-raundda nokaut bilan g'alaba qozongan.
Etiborlisi shundaki, Entoni so'nggi jangda mag'lub bo'lgan ukrainalik Aleksandr Usikni tilga olmagan.
Fikrlar