09 iyu 18:35
Yangiliklar
"Joshua faoliyatini yakunlashi mumkin"
Devid Xey hamyurti Entoni Joshua ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi revansh jangida mag'lubiyatga uchrasa, boksni tark etishga qaror qilishi mumkinligini takidladi.
"Agar Joshua g'alaba qozona olmasa, faoliyatini davom ettirishiga shubham bor. Uni qanday mag'lub etishni bilgan odam kaltakladi. Agar u hammasini to'g'ri bajargan taqdirda ham Usik g'alaba qozonsa, Joshua faoliyatiga yakun yasashi mumkin.
U yana mag'lub bo'ladigan bo'lsa, faoliyatini davom ettirishi qiyin kechadi. U Usikni mag'lub etish uchun barcha jismoniy imkoniyatlarga ega ekanligiga ishonadi. Men unga ishonaman. To'g'ri taktika bilan u g'alaba qozonishi mumkin.
O'ylaymanki, bu safar u mag'lub bo'lmaydi. Ishonchim komil, Robert Garsiya bunga yo'l qo'ymaydi. Birinchi jang haqida kim nima demasin, bu muhim emas. Joshua avvalgi darajasiga qaytishi uchun bu jangda g'alaba qozonishi shart", - dedi Devid Xey.
Eslatib o'tamiz, Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangi 20 avgust kuni Jidda shahridagi Super Dome arenada bo'lib o'tadi.
Fikrlar