01 okt 18:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua: Fyurida faqatgina ikkita yaxshi g'alaba bor, ular...
Superog'ir vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni Entoni Joshua Tayson Fyuri haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Fyuri mendan ancha vaqt oldin professional ringda jang qilishni boshlagan. U 2008 yilda professional bo'lgan. Men esa o'shanda havaskor boksda ilk jangimni o'tkazgandim. Biz qachondir raqib bo'lishimiz haqida xech qachon o'ylamagandim.
Ammo men unga nisbatan tezroq o'sdim. 12 yillik faoliyat davomida unda faqatgina ikkita tayinli g'alaba bor - Klichko va Uaylder ustidan.
Men uning top-raqiblarga qarshi jang qilishini istagan bo'lardim. Ammo u chempion bo'lishga va kamarlarni birlashtirish uchun etarli ish qilgan", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar