27 dek 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua o'z murabbiyini Aleks Fergyuson bilan taqqosladi
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshua murabbiyi Robert Makkraken haqida gapirdi.
"Rob - men uchun huddi Ser Aleks Fergyuson kabidir. U ajoyib menejer, ajoyib murabbiy va tajribali insondir. Men va SHon Merfi (Joshuaning havaskor boksdagi murabbiyi - tahr) Angliyada havaskor ringni zabt etganmiz. Rob bilan esa xalqaro miqyoda shu ishni amalga oshirmoqdamiz. Biz bu ishni ikkimiz qilyapmiz. Ammo keyinchalik men bizga yana bir juft ko'zlar kerakligini aytdim. Gap jamoani kengaytirish haqida ketayotgandi", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : punditarena.com
Fikrlar