05 jan 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshua o'zi ishtirokidagi halokatli YTHdan keyingi ilk postini joyladi + FOTO
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua o'zi ishtirokidagi halokatli yo'l-transport hodisasidan so'ng ilk bor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.
"O'z aka-ukalarining qo'riqchisi", - deb yozdi Joshua suratni elon qilib.
Eslatib o'tamiz, fojia 29 dekabr kuni Nigeriyaning Lagos - Ibadan trassasida sodir bo'lgandi. Joshua o'tirgan Lexus mashinasi yo'lning chetida turgan yuk mashinasiga borib urilgan edi. Hodisa oqibatida britaniyalikning ikki murabbiyi - Sin Gami va Kevin Ayodele halok bo'lgandi. Bokschining o'zi og'ir jarohatlardan omon qolgan va fojiadan bir necha kun o'tib Buyuk Britaniyaga qaytdi.
Joshua o'zining so'nggi jangini 20 dekabr kuni AQSHning Mayami shahrida og'ir vazn toifasi WBA reytingida 14-o'rinni egallab turgan (uch kun avval reytingdan chiqarildi) bloger-bokschi Jeyk Polni oltinchi raundda nokautga uchratgandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar