11 dek 22:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Pulev. CHempion raqibidan og'irroq tosh bosdi + FOTO
Superog'ir vazn toifasida WBO, WBA, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua va davogar Kubrat Pulev jangdan avval tashkil etilgan vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi.
CHempion vazn o'lchash marosimida 109,2 kg tosh bosdi, raqibi esa undan 1 kg engilroq — 108,6 kg vazn ko'rsatdi.
Eslatib o'tamiz, jang Londondagi O2 arenasida bo'lib o'tadi.
Qayd etish lozimki, marosimda bosim yuqori bo'ldi. Tarozidan so'ng tashkil etilgan ananaviy face-to-face marosimida tomonlar "so'z jangi"ga kirishdi. Joshua va Pulevni qo'riqchilar ajratib turishdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar