13 dek 06:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Pulev jangi muddatidan avval yakunlandi + FOTO
Buyuk Britaniyaning London shahridagi "Uembli Arena"da uzoq kutilgan professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni, britaniyalik Entoni Joshua (24-1, 22 KO) bolgariyalik davogar Kubrat Pulev (28-2, 14 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan chempionlik jangi uchinchi raundga qadar sokin ruhda o'tdi. Aynan shu raundga kelib, chempion ringda kim xo'jayin ekanini namoyish eta boshladi. Pulev ikki bor nokdaun holatiga tushib qoldi. Lekin vaziyatdan chiqib ketdi.
Sakkizinchi raundda Kubrat ham ikkitalik kuchli va aniq zarbasini yo'llashga muvaffaq bo'ldi. To'qqizinchi raundda chempion zarbalar seriyasidan so'ng Pulevni texnik nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar
Fyuri vaysaqini ham shu ahvolga tushiradi