10 dek 16:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua Pulevga qarshi jangi uchun o'z taxminini aytdi
Superog'ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF kamarlari sohibi Entoni Joshua (23-1, 21 KO) Kubrat Pulevga (28-1, 14 KO) qarshi bo'ladigan jangi uchun o'z taxminini aytdi.
"Menda Kubratdan ham ko'proq motivaciya bor. Bu jang men uchun ko'p narsani bildiradi. Men huddi o'zimni davogardek his qilyapman, lekin menda katta tajriba bor. Tayyorgarlik vaqtida g'alaba uchun lozim bo'lgan barcha ishni qila oldim deb o'ylayman.
Umid qilamanki, jang qiyin kechmaydi. Pulevning ajoyib jebi bor. Evropacha uslubga ega, u qo'llarida yaxshi harakat qiladi. O'ylaymanki, jangni 7 yoki 9-raundda yakunlay olaman", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar