11 dek 20:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua: Pulevga qarshi qanday taktika bilan jang qilishni bilaman
WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua Kubrat Pulevni qanday mag'lub qilishni biladi.
Klichkoning Pulevga qarshi jangi oldidan o'tagan lagerida qatnashgani Joshuaning Pulevning taktikalarini tushunib olishida katta yordam bergan.
"Bu jangda u ham, men ham zarbalar o'tkazamiz. Oxirida birimiz omon qolamiz. Men bu jangga juda jiddiy tayyorladim va g'alaba qozonishga aminman.
Men Kubrat Pulevni ko'p yillardan beri bilaman. Men Klichkoning Pulevga qarshi jang oldidan o'tkazgan lagerida qatnashganman. Men Pulevga qanday taktika bilan jang qilishni bilaman.
Men 12 raund jang qilishga tayyorman. SHunday bo'lsa, men final gongigacha kuchimni va koncentraciyamni saqlab qolishga ishonaman", - dedi Entoni Joshua.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar