25 jan 18:03
Yangiliklar

Joshua qancha mablag' evaziga Usik bilan jangni bekor qilishga tayyorligi malum
Bu ukrainalik bokschiga Tayson Fyuri bilan birlashtiruvchi jang o'tkazish imkonini beradi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Nashrga malum bo'lishicha, og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua ukrainalik bilan revansh jangidan voz kechishga va birlashtiruvchi jang o'tkazish imkoniyatini berishga tayyor. Lekin bepul emas. Britaniyalik bokschi 15 million funt sterling evaziga buni qilishga tayyor.
Agar sobiq chempion tovon pulini qabul qilsa, Usik va Fyuri bahorda Yaqin SHarq davlatlaridan birida birlashtiruvchi jangni o'tkazishi mumkin. SHundan so'ng, Joshua ushbu bahs g'olibi bilan jang qilish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Eslatib o'tamiz, Usik Entoni Joshuaga qarshi jangda WBA, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan edi. Tayson Fyuri esa o'zining so'nggi jangida Deontey Uaylderni nokautga uchratdi va WBC chempionligini saqlab qoldi.
Fikrlar