29 dek 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua rejalari bilan o'rtoqlashdi
WBA, IBF, WBO va IBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua WBO kamari uchun Aleksandr Usik bilan jang o'ktazishdan hozircha voz kechmoqchiligi haqida gapirdi.
Lekin uning rejalarida bu jang bor.
"Men Usik bilan jangdan voz kechsam, odamlar bundan hafa bo'lishadimi? Bilmadim. Ammo men mutlaq chempion bo'lish uchun baribir Usik bilan jang qilishim kerak. Agar men Fyurini ikki marta mag'lub etsam, undan so'ng WBO kamari uchun jang qilaman", - dedi Entoni Joshua.
Eslatib o'tamiz, avvalroq 2021 yilda Joshua va Fyuri o'rtasida ikkita jang o'tkazilishi malum qilingandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar