25 dek 10:18
Yangiliklar

"Joshua Usik bilan jangdan oldin yutqazib bo'lgandi"
Sobiq jahon chempioni Aleksandr Gvozdik og'ir vaznda WBA, IBF, WBO va IBO yo'nalishlari bo'yicha chempion Aleksandr Usikning sobiq chempion Entoni Joshua ustidan qozongan g'alabasiga izoh berdi.
"Jangdan oldin qo'rquv bor edi, chunki Joshua — bu katta bokschi. Kuchli sportchilar, shu jumladan, Vladimir Klichko bilan janglarda o'zini ko'rsata olgan shiddatli bokschi.
Men Sasha uchun qayg'urdim va bu jangda Joshuani favorit deb hisobladim, chunki o'ylashimcha, agressiv boks uchun u bor kuchidan foydalanadi.
Birinchi raundni ko'rib tushundimki, tashvishlanadigan hech narsa yo'q. Joshua butkul gangib qolgan edi. Men unga nima bo'lganini tushunmadim. Menimcha, u janggacha engilib bo'lgan edi.
Joshua ikkinchi jangga chiqishini aytish qiyin. Men uning lagerida emasman, ammo men uning biror maqsadi borligiga shubha qilaman.
Nima bo'lganda ham men unda Ruisdan qabul qilib olgan birinchi mag'lubiyatidan buyon psixologik muammolar bor deb o'ylayman. U boshqacha edi.
U buni enga oladimi? Joshua juda yosh, lekin men buni bilmayman. SHubhalanyapman", — dedi Gvozdik USACHEV TVga bergan intervyusida.
Fikrlar