26 iyu 16:07
Yangiliklar
Joshua Usik bilan jangning birinchi raundidan so'ng nima haqida o'ylagandi?
"Quloq soling, men chapaqay bokschi bilan uchrashdim, bu umuman boshqa holat edi. Qolgan janglarimni asosan o'ng qo'l bokschilarga qarshi o'tkazganman. Asosiy etiborni himoyaga qaratdim, aynan shu sizni tushkun holatga solishi, nazoratdan mahrum qilishi mumkin.
O'sha paytda men yana o'n bir raundim qolganini o'yladim. SHunday bo'ldi ham. Unga kelsak, men unda hech qanday g'aroyib narsa ko'rmadim. O'zimga o'zim: "Boks tushishda davom et, masofani nazorat qil" dedim", - deya aytib o'tgan Joshua JD Official nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning 26 sentyabrida bo'lib o'tgan edi. Malumot uchun, Usik — Joshua revansh jangi 20 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar