So’nggi yangiliklar

23:05Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатини Топ-3`да якунлашди 0 22:34"5 ҳафта!". Бивол Каллум Смитга қарши жанг олдидан бугунги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 22:03Усман UFC’нинг ўта енгил вазндаги буюк жангчисини айтди. Бу Ян эмас! 0 21:32"Челси" аутсайдерга ютқазди, "Ливерпуль" меҳмонда ғалабага эришди ва бошқа натижалар 0 20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0 15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0

29 may 13:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Joshua Usik davogar bo'lib turgan kamardan voz kechishi mumkin

Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirnning takidlashicha, tashkilotning asosiy yulduzi, og'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshua WBO kamaridan voz kechishi mumkin.

Xabaringiz blor, ayni paytda ushbu kamarga Aleksandr Usik rasmiy davogar bo'lib turibdi.

"WBO bizga u bilan jang qilishimiz kerakligi to'g'risida maktub jo'natdi. Men WVO mutasaddilaridan nega shunchaki nafas ololmaymiz, o'zimiz xohlagan ishni qila olmaymiz, deb so'ramoqchiman. Albatta, Entoni mutloq jahon chempioni bo'lishni xohlaydi, shuning uchun biz barcha variantlarni o'rganyapmiz.

Ehtimoliy scenariy - Usik bilan jang! Agar kelishuvga erisha olsak, jang bo'lib o'tadi. Ammo, Joshua tashkilotlarning shartlarni aytib berish kayfiyatida emas. Endi mutlaq jahon chempionligi uchun kurashning kafolati yo'q. Bizda turli xil variantlar mavjud, jumladan Endi Ruis, Luis Ortis va Dillian Uayt. Ammo Usikning menejeri Krasyuk bilan gaplashdim. Ushbu jang bizning ustuvor vazifamiz. Ehtimol, bu amalga oshadi.

Ammo yana bitim to'g'ri bo'lishi kerak. Agar kamar bizda qolmasa, demak, shunday bo'lishi kerak. Biz kamarni saqlab qolishimiz mumkin, bunga hamisha intilamiz. Keling, voqealar rivojini kutamiz", - deya Boxingnews24 Xirnning so'zlaridan iqtibos keltiradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
30 may 12:18:38
Usmonov Komiljon
Boksda ogir vazdagi janglar vapshe kechikib ketyapti odamlar zerikyapti shunaqa boxonachi bir biridan qochib yuradigonlardan
   
29 may 18:46:08
Elyorbek Shoyadbekov
Joshua tavakkal qilishni xoxlamayapti agar Usik yutib qoysa Fyuri bilan jang barbot bo'ladi ko'p narsada ayriladi
   
29 may 18:21:20
Isomiddin Tojimatov
Joshua qo'rqoq . Usik unga kim zo'rligini ko'rsatib qo'yadi
   
29 may 17:21:19
боксёр
Joshua shunday qilsa Usik dan qorqib qo‘shganini bildiradi va muxlislari oldida obrusi er boladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing