22 may 17:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Usik jangining qachon va qaerda o'tkazilishi malum
WBA Super, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua va Aleksandr Usik o'rtasidagi jang 2021 yilning avgust oyida Londondagi "Uembli" stadionida o'tkaziladi.
Bu malumotni Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk qisman tasdiqladi.
"WBO allaqachon bu jangga buyruq berdi. Joshua ham bu jangni qabul qilishga tayyor. Jang istalgan joyda o'tkazilishi mumkin, katta ehtimol bilan esa "Uembli"da", - dedi Krasyuk.
Avvalroq, Joshua - Usik jangi 21 - 28 avgustda o'tkazilishi aytilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar