11 iyu 07:44
Yangiliklar
Joshua – Usik revansh jangida 700 000 ta pullik translyaciya sotilishi aytildi
Aniqrog'i, promouter Usik - Joshua revansh jangi uchun pullik translyaciyani sotilish haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Birinchi jang uchun biz 700 000 pullik translyaciya sotdik. Bu natijani yana kamida takrorlamoqchimiz. Revansh jangini translyaciya qilish huquqini qo'lga kiritish uchun Sky Sports 25 million funt sterling (taxminan 29,5 million evro) to'lagan", — dedi Xirn Intu Boxing Youtube kanalga bergan intervyusida.
Jurnalist, agarda ushbu jangni tomosha qilish uchun Xirn pullik translyaciyani 20 funt (taxminan 23,6 evro)dan sotadigan bo'lsa, telekanal zarar ko'rishini takidladi.
"Balki Sky Sports narxlarni oshirar. Ayni damda Buyuk Britaniyada boks ancha rivojlangan. Odamlar jangni tomosha qilish uchun to'lashga tayyor", - deya qo'shimcha qildi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangi 20 avgust kuni Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar