So’nggi yangiliklar

17:59Арман Царукян Хамзат Чимаевни мағлуб этгани учун 50 000 доллар тўлайди 0 17:38Белал Муҳаммад: "Чимаев улар туфайли мағлуб бўлди" 0 17:17"Уни фоҳиша дейишимни истайсизми?" Ронда Роузи Карано билан жанг ҳақида фикр билдирди 0 16:56Моуринью "Реал"га иккита талаб қўйди: Мбаппенинг тақдири маълум 0 16:35Чимаев мағлубиятидан кейин UFC`нинг энг яхши жангчилари рейтингида яхшигина пастлади 0 16:25UFC Нурсултон Рўзибоевнинг жангини расман эълон қилди (+ПОСТЕР) 0 16:14Навоийда белбоғли кураш бўйича мамлакат чемпионати ўтказилади 0 15:53Волковда UFC чемпионлиги учун жанг ҳақида кутилмаган тан олиш 0 15:32Флик чемпионлик унвонидан сўнг "Барселона" билан янги шартнома имзолади 0 15:11Эргашев Ғиёсовнинг чемпионлик жанги ҳақида: "У мана шу жангини ютса..." (+ФОТО) 0 14:50Тошкентда стол тенниси бўйича WTT Youth Contender мусобақаси бошланмоқда 0 14:29Олимпиада олдидан ўтказиладиган Жаҳон чемпионати қачон ва қаерда ўтказилиши эълон қилинди 0 14:08Дик Адвокат ЖЧ-2026 олдидан Кюрасао терма жамоасига яна бош мураббий этиб тайинланади 0 13:47Жалоловга рақиб сифатида кўрсатилган Итаума шу йил охиригача камар учун жанг қилади 0 13:26“Тонгни кулиб қарши ол” спектакли премьераси бўлиб ўтди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

19 avg 10:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Joshua Usikka mag'lub bo'lsa faoliyatini yakunlaydimi? Britaniyalik javob berdi

Ertaga Saudiya Arabistonining Jidda shahrida uzoq kutilgan professional boks oqshomi bo'lib o'tadi.

Britaniyalik bokschi Entoni Joshua ukrainalik chempion Aleksandr Usikka qarshi revansh jangi haqida gapirdi. Joshuaning so'zlariga ko'ra, u Usikka mag'lub bo'lgan taqdirda ham faoliyatini yakunlamaydi.

"Faoliyatimni tugatish haqida o'ylayotganim yo'q. Oldinda eng katta janglardan biri bor va agar hozir ketish haqida o'ylasam, bu mening ichimda ko'p shubha uyg'otadi. Odamlar doimo savol berishadi. Lekin men faoliyatimni davom ettirishni xohlayman. Sababi, men boksni yaxshi ko'raman", — dedi Joshua.

"Bu mening jahon kamari uchun ketma-ket 12-jangim. Raqibim jahondagi eng yaxshi bokschilaridan biri. Bu mening Olimpiya chempioniga qarshi uchinchi jangim. Men har qanday vazn toifasida eng yaxshi jangchilardan biri bilan jang qilishim kerak. 

Agar men biror-bir jangchiga yutqazib qo'yganimda ketish haqida gapirish mumkin edi. Lekin sayyoramizdagi eng yaxshi jangchilardan biriga yutqazib, faoliyatimni tugatish haqida gapirish ahmoqlik. Bu qanday safsata? Odamlarning fikrini hurmat qilaman. Lekin ketish niyatim yo'q!", - deya Joshuaning so'zlarini keltiradi Mirror.

Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning 26 sentyabrida bo'lib o'tgan edi.

Avvalroq, ushbu jangga nafaqat ukrainalik bokschining, balki Tayson Fyurining ham vakant kamari qo'yilgani haqida xabar bergan edik.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing