11 dek 07:23
Yangiliklar

Joshua va Pulev ko'z urishtirishdi, ertaga jang + FOTO
Unda superog'ir vaznda WBA, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua bolgariyalik davogar Kubrat Pulevga qarshi ringga ko'tariladi.
Ertangi jang oldidan bokschilar ananaga ko'ra rasmiy ko'z urishtirish marosimida yuzma-yuz kelishdi. Jangda o'rtaga Joshuaga tegishli WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari qo'yiladi.
Malumot uchun, Entoni so'nggi bor ringga o'tgan yilning dekabr oyida ko'tarilgan va o'shanda Endi Ruisni revansh bahsida mag'lubiyatga uchratib, kamarlarini qaytarib olgan edi. Pulev esa oxirgi jangida Raydell Bukerni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi. Kubrat faoliyatidagi yagona mag'lubiyatni 2014 yilda Vladimir Klichkodan qabul qilib olgan. Ukrainalik o'shanda bolgariyalik raqibini beshinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Fikrlar